24 Dekabr 2022 yil 324

Surxondaryo viloyati IIBda galdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Tabiat – onamiz!” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 24 dekabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Tabiat – onamiz!” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va Kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor X.Nurmatovning ma’ruzasi tinglandi. Shundan so‘ng Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2022 yil 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga qilgan murojaatnomaning mazmun mohiyati haqida so‘z yuritilib, Murojaatnomaning tele-efirlarga uzatilgan to‘liq videosi shaxsiy tarkib e’tiboriga havola etildi.

Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun buzilishlari, xizmat intizomi buzilishlari holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Kengashining 2022-yil 4-noyabr kunidagi “Surxondaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan sportning “Futbol” turi bo‘yicha viloyati Ichki ishlar boshqarmasi terma jamoasi ishtirok etib faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa vakillari boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan pul mukofotlari, g‘oliblik medali va Kubogi bilan taqdirlanishdi.

Text to speech