29 Oktyabr 2022 yil 365

Surxondaryo viloyati IIBda galdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi “Samarqand - Yangi O‘zbekistonning turizm markazi” mavzusida o‘tkazildi.

Joriy yilning 29-oktabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Samarqand - Yangi O‘zbekistonning turizm markazi” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu yuzasidan Termiz Davlat Universiteti qoshidagi Akademik litseyi katta o‘qituvchisi Jaxongir Usmonovning ma’ruzasi tinglandi. Unda qadimiy va hamisha navqiron Samarqand milliy davlatchiligimiz, jahon sivilizatsiyasi tarixida alohida o‘ringa ega manzillardan ekanligi, afsonaviy shaharning uzoq o‘tmishni aks ettirgan munavvar koshonalari, qadimiy obidalari, muattar havosi necha asrlardan buyon dunyo ahlini o‘ziga rom etib kelayotganligi boisdan ham yilning to‘rt faslida bu yerdan sayyohlar qadami uzilmasligi va boshqa bir qator jihatlari haqida fikr mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsida viloyat OITSga qarshi kurash markazi Epidemiolog shifokori Bobomurod Safarov tomonidan “OIV va OITS kasalligi profilaktikasi” mavzusi yuzasidan ham shaxsiy tarkib e’tiboriga ushbu kasallik turlari, yuqish, saqlanish va davolanish yo‘llari haqida hayotiy misollar orqali batafsil ma’lumotlar berildi. O‘tilgan mavzular yuzasidan, xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan smavollariga javoblar olishdi.

Shundan so‘ng Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir xafta davomida sodir etilgan qonun buzilishlari, xizmat intizomi buzilishlari holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

O‘tgan hafta mobaynida Respublikamizda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda yuz bergan yangiliklar “Tahlilnoma” ko‘rsatuvi shaxsiy tarkibga namoyish etildi.

Text to speech