Surxondaryo viloyati IIBda galdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi “Mag‘rur hilpirayver, yurtim bayrog‘i” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 12- noyabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Mag‘rur hilpirayver, yurtim bayrog‘i” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti Termiz Davlat Universiteti tarix fakulteti katta o‘qituvchisi Olim Tojievning ma’ruzasi tinglandi. Unda har bir xalq, millat uchun o‘z Vatanining ramzlari muqaddas hisoblanishi, buning boisi, ularda o‘sha xalqning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagi, asriy an’ana va urf-odatlari o‘z aksini topaadi. Shu ma’noda, madhiya, gerb va bayroq bizning milliy ramzlarimiz hisoblanishi, O‘zbekiston farzandlarining san’at, madaniyat, fan va sport bo‘yicha xalqaro miqyosda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari va ular sha’niga madhiyamiz yangrab, davlatimiz bayrog‘ining mag‘rur hilpirashi har qanday millatdoshimizning ko‘zlarida faxr va quvonch yoshlariga sabab bo‘layotganligi va boshqa bir qator mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun buzilishlari, xizmat intizomi buzilishlari holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng, o‘tgan hafta mobaynida Respublikamizda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi yangiliklar o‘rin olgan “Tahlilnoma” ko‘rsatuvi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 31 oktabr kunidagi ko‘rsatmasiga asosan Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida tayyorlangan “Nadomat” nomli videorolik shaxsiy tarkibga namoyish qilindi.