4 Dekabr 2022 yil 357

Surxondaryo viloyati IIBda galdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Konstitutsiyaviy islohotlar – davr talabi” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 3 dekabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Konstitutsiyaviy islohotlar – davr talabi” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti tarix fanlar doktori professor Toshkenboy Pardaevning ma’ruzasi tinglandi. Bunda konstitutsiyaviy islohotlarda inson qadri, sha’ni ulug‘lanishi yangi O‘zbekistonning ilk bora BMTning «Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi a’zoligi» davrida amalga oshayotgani ham davlat siyosatining markazida inson manfaati turganligi, Prezidentimizning 2022-yil 29-iyundagi qarori bilan «Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha «dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi»ni berish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning tasdiqlangani, mazkur nizomga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha «dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi»ni berish tartibi belgilanganligi haqida ham so‘z yuritildi.

Shuningdek, aholining konstitutsion huquqlari va manfaatlari davlat siyosati darajasida konstitutsiyaviy yangi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish takliflarida ham aks etayotganligi, jumladan, «inson qadri uchun» ustuvor tamoyilini tatbiq etishni yanada chuqurlashtirish fuqarolarimiz uchun dunyoning qaerida yashamasin, mehnat qilmasin, ta’lim olmasin davlat tomonidan tinch va xavfsiz hayotini, fundamental huquq va erkinliklarini himoyalash Konstitutsiyada kafolatlanishi va mustahkamlanishi xalqning Asosiy Qonunimizga bo‘lgan ishonchi va hurmatini oshiradi. Shuningdek, ijtimoiy davlatning muhim vazifasi sifatida fuqarolarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli ta’limning joriy etilishi ijtimoiy himoyaning yuqori darajada ekanligi, inson qadri, huquqlari va erkinliklari ta’minlanishining konstitutsion norma sifatida mustahkamlanishi O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tiborini oshirishi bilan birga, BMTning Inson huquqlari Kengashidagi o‘rnini ham yanada kuchaytirishi va boshqa bir qator ma’lumotlar keltirildi.

Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun buzilishlari, xizmat intizomi buzilishlari holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng, o‘tgan hafta mobaynida Respublikamizda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi yangiliklar o‘rin olgan “Tahlilnoma” ko‘rsatuvi shaxsiy tarkib e’tiboriga namoyish qilindi.

Text to speech