Surxondaryo viloyati IIBda galdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Davlat tili – birligimiz, borligimiz ramzi” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 21 yanvar kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shodiev huzurida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Davlat tili – birligimiz, borligimiz ramzi” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz davlat universiteti akademik litseyi tarix fani bosh o‘qituvchisi Jahongir Usmonovning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, kun tartibidagi masala yuzasidan so‘z olgan boshqarma ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor H.Nurmatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kungi «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-10-son Qarorining mazmun-mohiyatini barcha mustaqil boshqarma, sohaviy xizmat rahbarlari hamda viloyat IIB shaxsiy tarkibiga yetkazib, kelgusida ushbu qaror bilan tasdiqlangan kodeks va nizomni o‘zlashtirish masalasi yuzasidan dars mashg‘ulotlari tashkil etilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari, «O‘zbekiston-24» telekanalining «Axborot» informatsion dasturi orqali efirga uzatilgan Prezident qarorining mazmun-mohiyati aks ettirilgan videolavha barcha shaxsiy tarkib e’tiboriga namoyish etildi.
Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati