Surxondaryo viloyati IIBda galdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Bobur - mohir sarkarda va xalqparvar podshoh (Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi).” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 11 fevral kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shodiev huzurida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Bobur - mohir sarkarda va xalqparvar podshoh” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti filologiya fakulteti O‘zbektili kaferdasi o‘qituvchisi professori B.Murtozoevning buyuk ijodkor, sarkarda Boburning o‘z saltanatida obodonlashtirish, ilm-u fanni taraqqiy ettirishga alohida e’tibor qaratganligi, ko‘plab bunyodkorlik ishlariga rahnamolik qilganligi, uning davrida dehqonchilik rivoj topganligi, Boburning xalqparvarligi mahalliy aholining dini, urf-odatlarini hurmat qilganligi boisidan ham buyuk hind xalqining mehr-u muhabbatini, hurmatini qozonganligi haqidagi ma’ruzasi tinglandi.
Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizili boshqarmasi hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalarida fidokorona xizmat o‘tab kelayotgan xodimlarning ota-onalariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘zinbosarining minnadorchiligi aks etgan “Tashakkurnoma”lari tantanali ravishda topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati