4 Fevral 2023 yil 240

Surxondaryo viloyati IIBda galdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Alisher Navoiy asarlarida vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 4 fevral kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shodiev huzurida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Alisher Navoiy asarlarida vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi Sayyora To‘raevaning Buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodida vatanparvarlik va insonparvarlik, xalqlar, millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik mavzulari aks etgan ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng, jamiyat va taraqqiyot kushandasi bo‘lmish “Korrupsiya- degan illatga qarshi murosasizlik bilan kurashib, vatan va xalq oldida qilgan qasamyodiga sodiq qolib, o‘z xizmat vazifasiga sadoqat va holollik bilan yondoshgan holda faoliyat olib borayotgan viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘la harakati xavfsizligi boshqarmasi  YHXB 1-safarbarlik otryadi komandiri, kapitan B.Yuldashev, YHXB inspektori, serjant O.Abdunazarov, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB yo‘l-patrul xizmati katta inspektori, safdor Sh.Sharipov va yo‘l-patrul xizmati inspektori, safdor A.Yuldashevlar qoidabuzar haydovchilar tomonidan taklif qilingan katta miqdordagi porani olmasdan, ularga qonun barcha uchun barobarligi hamda qilgan jinoyat uchun jazo muqarrarligini ta’minlaganligi uchun viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan ularga taklif qilingan summadan ziyod pul mukofotlari, qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda ularning ota-onasiga boshqarma boshlig‘ining minnadorchiligi aks etgan “Tashakkurnoma”lari tantanali ravishda topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech