4 Mart 2023 yil 207

Surxondaryo viloyati IIBda galdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Ayol – hayot charog‘boni” mavzusida bo‘lib o‘tdi

 Joriy yilning 6 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shodiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Ayol – hayot charog‘boni " mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz shahrida joylashgan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Isaeva Muxayyo Ismatovna hozirgi kunda Oilada ma’naviy muhitni yaxshilash, farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyat, milliy qadriyatlarni singdirish va qator tashabbuslarda faol, shijoatli va tashabbuskor ayollarning o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng, xodimlar o‘rtasida ortiqcha vaznni oldini olish bo‘yicha vedio rolik qo‘yib berildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech