26 Noyabr 2022 yil 191

Surxondaryo viloyati IIBda galdagi “Cho‘lpon – ozodlik va adolat kuychisi” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 26- noyabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Cho‘lpon – ozodlik va adolat kuychisi” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti O‘zbek adabiyotshunoslikgi kafedrasi v/b dotsenti filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori Sayyora Raimovaning ma’ruzasi tinglandi. Bunda Ma’rifatparvar, o‘zbek jadid adabiyotining yorqin vakili Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1898-yilda Andijonning Qatorterak mahallasida savdogar oilasida dunyoga keldi. Cho‘lponning otasi Sulaymonqul Mulla Muhammad Yunus o‘g‘li o‘z davrining yetuk ziyolisi bo‘lgan ma’rifatparvar hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berilib, uning ijod namunalaridan misralar keltirildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida OITSga qarshi-kurashish mavzusida, Surxondaryo viloyati OITSga qarshi-kurashish markazi bosh shifokori Nurmamat Norboevning ma’ruzasi ham tinglandi.

Unda har yili 1 dekabr sanasi an’anaviy ravishda «OITSga qarshi butunjahon kurash kuni» sifatida nishonlanishi ortida OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadi ko‘zda tutildi.

Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun buzilishlari, xizmat intizomi buzilishlari holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng, ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida ta’magirlik va korrupsion halatlarning oldini olish maqsadida Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan “Qabohatning ko‘rinmas nuqtasi” nomli ijtimoiy rolik shaxsiy tarkib e’tiboriga namoyish qilindi.

Text to speech