14 Iyul 2022 yil 385

Surxondaryo viloyati IIBda  yosh xodimlar uchun psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi mutaxassis-psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining bitiruvchilarini xizmatga moslashish jarayonini psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda o‘quv jarayonida egallagan nazariy bilimlarini amaliyotga keng joriy etishlariga ko‘mak berish maqsadida, navbatdagi psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Trening jarayonida asosiy e’tibor yosh xodimlarda vatanparvarlik, kasbga sadoqat, mardlik singari tuyg‘ularini yanada kuchaytirish, shuningdek hissiy-irodaviy hususiyatlarini mustahkamlash, zo‘riqish, stress va tushkunlik holatlarini oldini olish, favqulotda hamda ekstremal vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobilyatlarini shakllantirishga qaratildi.

 Bundan tashqari, psixologik trening jarayonida yosh xodimlarning aqliy salohiyati, teran fikrlash darajasi va dunyoqarashlarini yanada rivojlantirish, shaxslararo munosabatlarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy emotsional holatlarni oldini olish, muloqot jarayonida o‘zini o‘zi stressdan himoya qilish, antistress kayfiyatini shakillantirish, fuqarolar bilan hushmuomalada bo‘lish bo‘yicha kerakli maslahat va tavsiyalar berib o‘tildi.

Bunday psixologik trening mashg‘ulotlari yosh xodimlarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish, pozitiv fikrlashni shakillantirish va fuqarolar bilan samarali muloqot o‘rnatish qobiliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech