23 Avgust 2023 yil 266

Surxondaryo viloyati IIBda “Eng yaxshi tergovchi” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Tergov departamentining tegishli ko‘rsatmasiga muvofiq Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi tergovchi” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Tanlov jarayonida ishtirokchilardan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha to‘sinda tortinish, 100  va 1000 metrga yugurish sinovlari, jangovar tayyorgarlik bo‘yicha yakka kurash va o‘zini-o‘zi himoyalash  makarov pistoletini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish,  pistoletidan o‘q otish imkoniyatlari sinovdan o‘tkazildi.  Shundan so‘ng ishtirokchilarning IQ darajasi va psixologik bilim salohiyatini belgilashga  qaratilgan sohaga oid test olindi.

Tanlov yakunida ishtirokchilar bilan Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan suhbat o‘tkazildi.

Yakunda  3-o‘rinni viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi katta leytenant Rajabov Otabek Iskandar o‘g‘li, 2-o‘rinni Denov tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi katta leytenant Mardonov Shoxrux Olimjon o‘g‘li hamda 1-o‘rinni Tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi kapitan Qurbonov Javoxir Odil o‘g‘lilar egalladi.

 Albatta bu tadbirlar  ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini yanada rag‘batlantirish, Vatan oldidagi sharafli burchini ado etishdagi xizmatlari uchun ularni munosib taqdirlash, xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi

Text to speech