6 Dekabr 2022 yil 1137

Surxondaryo viloyati IIBda bir guruh ichki ishlar organlari xodimlariga maxsus unvonlar topshirildi

Joriy yilning 3 dekabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ–3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq quyidagi xodimlarga ofitserlar tarkibining maxsus unvonlari viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan tantanali ravishda topshirildi. «podpolkovnik» maxsus unvoni mayor Muzaffar Salomov, mayor Nuriddan Yodgorov, mayor Murod Shaymardanov, mayor Alisher Xayrilov, «leytenant» maxsus unvoni katta serjant Farhod Dulanov, katta serjant O‘rol Tuxtaevlarga berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIVning buyrug‘i bilan “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi, portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararlantirish bo‘yicha, Surxondaryo viloyati bo‘yicha maxsus otryad, uchinchi guruh katta mutaxassisi, uzoq yillar ichki ishlar organlari tizimlarida samarali xizmat qilib kelayotgan mayor Qurbonnazar Raxmonberdiev Qurolli kuchlar rezerviga ya’ni pensiyaga tantanali ravishda kuzatildi.

Tadbir yakunida, maxsus unvon olganlar hamda pensiyaga kuzatilgan xodimlarning sha’niga va bundan keyingi ishlariga iliq fikrlar, ezgu tilaklar bildirildi.

Text to speech