30 Noyabr 2022 yil 246

Surxondaryo viloyati IIBda Bandlik va mehnat munosabatlari bosh boshqarmasi bilan hamkorlik memorandum imzolandi

Barchaga ma’lum-ki so‘ngi yillarda ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylarini ijtimoiy himoyasini mustahkamlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu qatorda ichki ishlar organlari xodimlarining voyaga yetgan farzandlari va turmush o‘rtoqlarini kasbga yo‘naltirish maqsadida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida imzolangan “O‘zaro hamkorlik memorandumi” ijrosi yuzasidan joriy yilning 30 noyabr kuni viloyat  Ichki ishlar boshqarmasi va bandlik va mehnat munosabatlari bosh boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur yig‘ilishda Surxondaryo viloyati Bandlik va mehnat munosabatlari bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xolov Ikrom Abduraimovich hamda “Monomarkaz” xodimi Raximov Jaxongir Safarovichlar ishtirok etib, xodimlarga monomarkazda tashkil etilgan o‘quv kurslari, o‘qitish tartibi  va faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Ushbu memorandum xodimlarning band bo‘lmagan oila a’zolarini kasbga o‘rgatish, foydali hunar egallashlarida yaqindan ko‘mak berish kabi amaliyotlar yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidlandi.

Text to speech