30 Aprel 2022 yil
395
Surxondaryo viloyati IIBda ham umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi tegishli farmoyishi asosida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.
Shu munosabat bilan 30 aprel kuni erta tongdan mamlakatimiz bo‘ylab "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlanganligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIBning barcha sohaviy xizmat xodimlari umumxalq hasharida faol ishtirok etish uchun saf tortishdi.
Umumxalq xayriya hashari doirasida Ichki ishlar organlari xodimlarining turar joylari, ichki ishlar organlari binolarining atrofini tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Ichki ishlar tasarrufidagi dam olish maskanlari, “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida yangi barpo etilgan viloyat IIB bog‘larini yovvoyi o‘t o‘lanlardan, chiqindilardan tozalashga alohida e’tibor qaratildi.
Mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ohaklash, ularning taglarini yumshatish, sug‘orish, turli xildagi gul nihollarini parvarishlash, chor-atrofni toza va ozoda holga keltirish ishlari olib borilib, vohamizning barcha hududlaridagi ichki ishlar organlari xodimlari ushbu umumxalq hayriya hasharida faol eshtirok etishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati