Surxondaryo viloyati IIBda ham 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi bo‘lib o‘tdi
14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topganligining 31 yilligi munosabati bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasida ham tadbir tashkil etildi.
Unda tizimdagi sohaviy xizmatlar mas’ullari boshqaruv apparati xodimlari shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda so‘z olgan viloyat Ichki Ishlar Boshqarmai boshlig‘i Respublika Ichki Ishlar Vazirining tizimdagi xodimlarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek viloyat IIB boshlig‘i polkovnik A.Ismoilov ham jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni saqlash qonun ustivorligini ta’minlashdek mas’uliyatli vazifani ado etayotgan Ichki ishlar organlari xodimlarini sana munosabati bilan muborakbod etib, samimiy ezgu tilaklarini yo‘lladi. Tanatanali tadbir bahonasida xizmat burchini ado etishda safdoshlariga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vaziriniing tegishli buyrug‘i bilan “A’lo xizmatlari uchun”, 1-2-3 darajali “Benuqson xizmatlari uchun” hamda “I-toifali kinolog” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Yana bir guruh xodimlar Ichki ishlar vazirligining “Faxriy yorlig‘i” “Esdalik qo‘l soati” va pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Albatta e’tibor va rag‘bat kishini yanada ruhlantirib kasbiga bo‘lgan mehrini chandon oshiradi. Mazkur o‘tkazilgan bayram tadbiri ham ana shu maqsad muddaoga xizmat qilganligi bilan ahamiyatlidir.