11 Mart 2022 yil
499
Surxondaryo viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari va ularning ota-onalari ishtirokida boshqarma rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Joriy yilning 10 mart kuni Surxondaryo viloyati boshqarmasi zalida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik Bosh Boshqarmasi Surxonadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi O‘MIB tezkor vakili podpolkovnik Q.Mo‘minov, viloyat IIB JXX JTSB boshlig‘i podpolkovnik Sh.Suvonqulov, viloyat IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik N.Isayevlar hamda Kinologiya bo‘linmasi xodimlari va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kirish so‘zi bilan so‘z olgan viloyat IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik N.Isayev uchrashuvning maqsad va vazifalari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuvda kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik Bosh Boshqarma Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi O‘MIB tezkor vakili podpolkovnik Q. Mo‘minov so‘zga chiqib, shaxsiy tarkibga xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlari, ta’magirlik va poraxo‘rlik, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan ishlarga aralashmaslik, doimiy ravishda fuqarolar va hamkasblari bilan xushmuomilada bo‘lish, ichki ishlar organlari xodimi degan sharafli nomga dog‘ tushirmaslik, 2021 yilning o‘tgan davri va 2022 yilning 10 mart kuniga qadar Respublika ichki ishlar organlarida va viloyati IIBda xizmat qilib kelayotgan ayrim xodimlarning nojo‘ya xatti-xarakatlari, mansab vakolatidan shaxsiy manfaatlarida foydalanganlik, xizmat va ijrochilik intizomini qo‘pol ravishda buzish va boshqa holatlar bo‘yicha ularga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun xujjatlari asosida ko‘rilgan choralar yuzasidan misollar keltirib yig‘ilish qatnashchilari tomonidan bu kabi salbiy xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat va ijrochilik intizomi qo‘pol ravishda buzgan yoki yuqorida ko‘rsatilgan salbiy xolatlarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qonunlarda ko‘rsatilgan keskin choralar ko‘rilishi, kelgusida kinolog xodimlar tomonidan shu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ota-onalar va boshqarma rahbariyati muntazam muloqotda bo‘lib turishlari yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.
Uchrashuv davomida, viloyat IIB JXX JTSB boshlig‘i podpolkovnik Sh.R.Suvonqulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilayotgan sharoitlar, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, kinologiya xizmatiga berilayotgan e’tibor, xodimlar bilan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ijtimoiy himoya yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar va kamchiliklari, shuningdek, xodimlarning mashaqqatli xizmatlari, ularga hamda oila a’zolariga yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumotlar yetkazildi.
Yig‘ilish yakunida, o‘zining namunali xulq-atvori bilan va sadoqatli xizmati bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator xodimlarga viloyat IIB rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati