Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l hrakati xavfsizligi bosh boshqarmasi faxriylar kengashi va viloyat IIB faxriylari ishtirok etdi.
Faxriy zobitlar yosh xodimlarga yurtga muhabbat, kasbga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, atrofdagilarni ham shu ruhda tarbiyalash, kasbiy mahorat va jangovor shaylikni oshirish, xizmat intizomi buzilishini oldini olish, korrupsiya holatlariga berilmasliklari xususida maslaxatlar berdi.
Xizmatni o‘tash davrida qonunchilikka rioya etish, ma’naviy- ma’rifiy bilimi, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish kabi tavsiyalar berishdi.
Tadbir yakunida, Surxondaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida uzoq yillar rahbarlik qilgan iste’fodagi polkovnik Safar Eshonqulov va bir guruh nafaqadagi xodimlarga "IIV faxriysi" ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.