1 Fevral 2023 yil 389

Surxondaryo viloyati IIB tizimida faoliyat olib borayotgan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 

Joriy yilning 1 fevral kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 24 sentabrdagi “Ichki ishlar organlarida xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish to‘g‘risida” gi tegishli buyrug‘i hamda 2022 yil 23 martdagi «Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash to‘g‘risida»gi farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash hamda boshqa masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda, Surxondare viloyati IIB Xotin-qizlar masalalari, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda 2022 yil 12 oyi davomida, “Xotin-qizlar bilan ishlash xaritasi” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, 2023 yilda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida, Xotin-qizlar kengashi raisi o‘rinbosari hamda Kengash a’zolarini ovoz berish orqali saylab olindi.

Shuningdek, Xotin-qizlar kengashi a’zolari bilan yaqinda o‘tkazilishi kutilayotgan "Fidoyi ayol xodim" ko‘rik tanloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek mazkur yig‘ilish davomida, davlatimiz rahbari tomonidan 2023 yil 20 yanvar kuni qabul qilingan “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-10 sonli qarori mazmun mohiyati yig‘ilish ishtirokchilariga yetkazildi.

Text to speech