2 Iyun 2022 yil 538

Surxondaryo viloyati IIB tashabbusi bilan “Sog‘lom avlod” shiori ostida yugurish marafoni o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida, 2022yilning 2iyul kuni “Sog‘lom avlod” shiori ostida Termiz shahar hududida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari, mahalliy fuqarolar va uyushmagan yoshlar ishtirokida sportning “Yugurish” marafoni turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilishdir.
Ushbu musobaqa g‘olib va sovrindorlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech