26 Avgust 2023 yil 383

Surxondaryo viloyati IIB sohaviy xizmat xodimlari obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yilligi bayrami oldidan Respublikamiz bo‘ylab 2023-yil 30-iyul kunidan 30-avgust kuniga qadar "Obodonlashtirish oyligi" deb e’lon qilingan edi.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining barcha tarkibiy tuzilmalari va hududiy  bo‘linmalarining ma’muriy binolari va ularga tegishli bo‘lgan hududlarda  obodonlashtirish  va  chiqindilardan tozalash ishlari olib  borildi.

Obodonlashtirish ishlari davomida manzarali daraxt va butalarga shakllar berilib, qurigan shоx-shabbalar olib tashlandi. Irrigatsiya tizimlari chiqindilardan tozalandi. Tabiatni va atrof muhitni toza va ozoda saqlash maqsadida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Text to speech