Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Denov tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslarga psixologik tavsiyalar berilmoqda
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi tomonidan Boshqarma ShMH Denov tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslarning yashash sharoitlari o‘rganilib, ular bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat davomida, qayta jinoyat yo‘liga kirmaslik, takror jinoyat sodir etmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Viloyatning barcha shahar-tuman IIB Probatsiya inspektorlari inspektor-psixologning tavsiyalari asosida nazorat ostidagi shaxslar bilan ishni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kunidagi 84-sonli qaroriga asosan viloyat IIB Probatsiya bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar bilan barcha shahar-tuman probatsiya nazorati ostidagi shaxlar bilan sayyor qabullar o‘tkazilib, ularning muammolari joyiga chiqilgan holda o‘rganilmoqda.
Bu kabi ishlar Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish orqali, ular tomonidan takror jinoyat sodir etilishining oldini olishga xizmat qilish bilan birga kelajakda jamiyatda to‘g‘ri yo‘lni tanlashga zamin yaratishga xizmat qiladi.