21 Avgust 2023 yil 260

Surxondaryo viloyati IIB rahbarlari ishtirokida galdagi sport mashg‘uloti o‘tkazildi

Sport sog‘lik garovi, sport mashg‘ulotlari bilan mashg‘ul  bo‘lgan inson organizmi sog‘lom rivojlanadi, ortiqcha toksin va vaznlarda halos bo‘lishiga, qolaversa ish unumdorligini oshirishga ham xizmat qiladi.

Yurtimizda sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadiga qaratilgan turli sport to‘garaklari tashkil etilib, aholini sport mashg‘ulotlariga jalb qilish borasida turli sport tadbirlari tashkil etilib kelinmoqda.

Xususan, kuni kecha Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i A.Ismoilov tashabbusi va boshchiligida viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Sport majmuasida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari va sohaviy xizmat rahbarlari ishtirokida “Sport-sog‘lik garovi” shiori ostida galdagi sportning Voleybol turi bo‘yicha sport mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashug‘lotda to‘rtta jamoalar o‘rtasida tashkil etilgan sport o‘yini qizg‘in va murosasiz tarzda kechdi.

Sport mashg‘uoti davomida, to‘singa va basketbol shitiga to‘p kiritish mashg‘ulotlarida rahbarlar o‘zlarini mahoratlarini ko‘rsatishdi.

Text to speech