2 Fevral 2023 yil 401

Surxondaryo viloyati IIB Moliya va moddiy texnika ta’minoti boshqarmasida yil yakuni sarhisob qilindi

Joriy yilning 1 fevral kuni Surxondaryo viloyat IIB Moliya va moddiy texnika ta’minoti boshqarmasi tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot  yig‘ilishi o‘tkazildi. Hisobot yig‘ilishida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shodiev hamda IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Moliya va moddiy texnika ta’minoti boshqarmasi mas’ul xodimlarining hisobotlari tinglandi. Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda, o‘tgan davr mobaynida xizmat  davrida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar qayta kamchilliklarga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida qattiq ogohlantirib o‘tildi.

Shu bilan birga yig‘ilish davomida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shodev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 20-yanvar kunidagi 10-sonli qarori mazmun mohiyati tushuntirilib, ushbu qaror asosida qabul qilingan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga har bir ichki ishlar organlari xodimlari amal qilishi, fuqarolar bilan ishlashda ushbu kodeks qoidalariga so‘zsiz amal qilishlari lozimligi bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech