Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining joriy yil 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi
Joriy yilning 15 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 2023 yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik B.Xidirov, O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Surxondaryo viloyati boshqarmasi O‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili podpolkovnik Sh.Orziev hamda Boshqarma Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i mayor X.Xallievlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda, boshqarma Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 2023 yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarning kelib chiqish sabablari muhokama etilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli chora tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, yig‘ilish yakunida jinoyatchilikni oldini olish borasida ijobiy natijalarga erishgan, qidiruvda bo‘lgan shaxslarni ushlashda jonbozlik ko‘rsatgan 10 nafar rahbar va xodimlar viloyat IIB boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.