13 Iyul 2022 yil 367

Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va quyi tizimlarida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi

Joriy yilning 12 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasida 2022 yilning 6 oyi yakuni bo‘yicha, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shodiev huzurida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi IIB ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi, barcha shahar va tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida, tizimda amalga oshirilgan ijobiy ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan hato va kamchilliklar tanqidiy-tahlil qilindi.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida xodimlarga tushunchalar berib o‘tildi

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech