20 Avgust 2022 yil 438

Surxondaryo viloyati IIB Xotin-qizlari o‘rtasida "Oila muqaddas dargoh" mavzusida psixologik seminar-trening o‘tkazildi.

Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mutaxassis-psixologlari hamda Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Saloxiddinov bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati IIB tarkibida xizmat olib borayotgan Xotin-qizlar o‘rtasida  "Oila muqaddas dargoh" mavzusida psixologik seminar-trening o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan psixologik seminar-treningdan ko‘zlangan maqsad viloyat IIB tarkibida xizmat olib borayotgan xodimlarning oilalarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarning oldini olish va ularga yechim topishga amaliy yordam berishdan iborat.

Oilasi tinch-totuv va baxtli bo‘lgan xodimlar diqqat-e’tiborini to‘liqligicha xizmat faoliyatiga qarataolishadi va bu bilan xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishishlari mumkin bo‘ladi. Shu sababli hozirda viloyat IIB tarkibida xizmat olib borayotgan xodimlarning oilalarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarning oldini olish va shu orqali oilalardagi tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Text to speech