Surxondaryo viloyati IIB xodimlari o‘rtasida qonunchilik hamda xizmat intizomiga rioya qilish yuzasidan tanqidiy ruhda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi katta majlislar zalida, boshqarma boshlig‘i polkovnik A.Ismoilov huzurida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda quyi tizim shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlar orasida turli korrupsion hamda favqulodda ro‘y beradigan salbiy holatlarni oldini olish, bu borada belgilangan chora-tadbirlar ijrosiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.Shadiev va IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarovlar so‘zga chiqib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, faoliyat davomida korrupsion va favqulodda holatlar sodir etilishini oldini olish, “xodimbay” ishlashni yanada kuchaytirish, shaxsiy tarkibning oila a’zolari bilan mustahkam aloqa o‘rnatish ko‘plab ko‘ngilsizliklarning oldini olishga xizmat qilishi yig‘ilish ishtirokchilarga tushuntirildi.
Shuningdek, yig‘ilishda xizmat faoliyati davomida xizmat intizomiga rioya qilmagan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Har bir ichki ishlar organlari xodimlari qonunchilik hamda xizmat intizomiga rioya qilishi bo‘yicha qattiq ogohlantirildi.