Surxondaryo viloyati IIB xodimlari turizm obe’ktlariga sayohat qilishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi PQ-10-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda Ichki ishlar organlari xodimlarining vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy va tarixiy bilimlarini oshirish maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat IIB sohaviy xizmatlari xodimlarini Termiz tumani hududida joylashgan turizm namoyishi ob’ektlari, “Sulton Saodat”, “Fayoztepa” va “Al-Hakim At-Termiziy” ziyoratgohlariga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida mazkur muqaddas qadamjoylarda mangu qo‘nim topgan avliyolar haqqiga qur’on tilovatlar qilinib, ushbu majmualar tarixi buyuk avliyolar bizgacha qoldirgan madaniy va ma’naviy meroslari haqidagi batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.