6 Iyun 2023 yil 413

Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 aprel kunidagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-sonli Qarorida, 2022 yil 1 iyundan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ta’lim muassasalari o‘quvchi yoshlarini Respublikamiz hududidagi tarixiy va diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirish va sayohat davomida ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, “Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgust kunidagi 669-sonli Qaroriga asosan, turistlar va turistik guruhlarni maxsus avtotransportda kuzatib borish bo‘yicha pullik xizmatlar taklif etish maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi hududiy bo‘limlari va xodimlari ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori talabalari, mazmun-mohiyatlari tushuntirilishi bilan birga, ularga Respublikamiz hududidagi tarixiy va diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirish va sayohat davomida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan ularning xavfsizligini ta’minlash tartibi tushuntirilib, yig‘ilganlarga turizm faoliyati va Vazirlar Mahkamasining Qarori talabalariga ko‘ra, sayyohatga olib chiqish bo‘yicha tayyorlangan tarqatma bukletlari tarqatildi.

Uchrashuv so‘ngida, yig‘ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan tegishli ma’lumotlar berildi.

Text to speech