9 Aprel 2022 yil
366
Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari Termiziylar muzeyiga sayohat qilishdi
Joriy yilning 2 aprel kunidan 2 may kuniga qadar Respublikamiz bo‘ylab, barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi” o‘tkazilayotganligi munosabati bilan hamda viloyati IIB boshlig‘ining 2022 yil 1 apreldagi Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, 2022 yilning 8 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, muzey va teatrlarga borishlari tashkil etildi.
Tizim xodimlari Termiz tumani hududida joylashgan Al-Hakim At-Termiziy ziyoratgohida bo‘lishib, ushbu muqaddas zaminda mangu qo‘nim topgan avliyolar hayoti va jahon ilm ma’rifat sivilizatsiyasi hamda rivojiga qo‘shgan hissalari hamda Al-Hakim At-Termiziy muzeyidagi tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishib, ma’naviy va ma’rifiy ozuqaga ega bo‘lish asnosida bu borada o‘zlarining bilimlarini yanada oshirishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati