16 Iyul 2022 yil 294

Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari bilan jangovar tayyorgarlik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining ko‘rsatmasi hamda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan jangovar tayyorgarlik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. 

Jangovar tayyorgarlikni oshirish o‘quv haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar davomida shaxsiy tarkibning jangovar shayligi bilan bir qatorda xizmat kiyimidan foydalanish tartibi ham tekshirildi. 

Xodimlarga jangovar va kasbiy tayyorgarlik o‘quv xavftaligi davomida, Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi mas’ul xodimlari tomonidan o‘qotar qurollarni to‘liq va to‘liqsiz qismlarga ajratish hamda yig‘ish bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech