18 Oktyabr 2022 yil
610
Surxondaryo viloyati IIB Ekspertiza kriminalistika markazi tomonidan joriy yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Joriy yilning 18 oktabr kuni Surxondaryo viloyati IIBda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik I.Ketmonov huzurida viloyati IIB Ekspertiza kriminalistika markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida sohada amalga oshirilgan ishlar yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, erishilgan yutuqlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Surxondaryo viloyati IIB Ekspert kriminalistika markazi boshlig‘i podpolkovnik J.Pardaevning joriy yil 9 oyi davomida sohada amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axboroti tinglandi.
Yig‘ilish davomida, xodimlar ish samarasini yanada oshirish, kelgusida sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”da fosh etish masalalari ham ko‘rildi.