Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi Universiteti kursantlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Joriy yilning 31 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti, O‘zbekiston Respublikasi ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB Kasbiy tayyorgarlik bo‘limi hamkorligida ayni paytda Surxondaryo viloyati hududida kasb amaliyotini o‘tayotgan 1-kurs kursantlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shodiev hamda O‘zbekiston Respublikasi ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari so‘zga chiqib, kursantlarning amaliyot o‘tash davrida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etishlari uchun murabbiylar hamda ota-onalar ham mas’ul ekanliklarini ta’kidladilar.
Shu yerda kursantlarga sohaga oid qabul qilingan qaror va farmonlar mazmun-mohiyati, tizimga joriy qilingan yangiliklar yetkazildi.
Uchrashuvda kursantlar ham so‘zga chiqib, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab borayotganliklarini, bildirilgan ishonchni oqlab, kelajakda yetuk ofitser sifatida, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlash yo‘lida xizmat qilishga va’dalar berishdi.