10 Oktyabr 2022 yil 721

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari huzurida Muzrabot tumanida sodir etilgan jinoyat muhokama qilindi

Muzrabot tumani “Oriyat” mahallasida sodir etilgan o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazish jinoyatining kelib chiqish sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu muhokamada, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari M.Boltaev va viloyat IIB XPB boshlig‘i A.Xudoyberdiev, Muzrabot tumani IIB boshlig‘i Sh.Narmuratov, shuningdek, tuman faollari, mahalla raislari hamda nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari, fuqarolar va boshqa tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi. Muhokama chog‘ida jinoyatning kelib chiqish sabablari va sharoiti haqida so‘z yuritildi. Bu kabi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish uchun har bir mahallada ishlarni jadallashtirish lozimligi, har bir rahbar loqaydlik va beparvolikka berilmay o‘z xizmat vazifasini mas’uliyat bilan bajarishi kerakligi alohida ta’kidlandi.

Tuman hududida, bunday jinoyatlarning oldini olish yuzasidan keng jamoatchilikka tushuntirish berilib, har bir mahallada viktimologik profilaktikani tashkillashtirish mahallada yashovchi fuqarolar tomonidan kelgusida yuqoridagi kabi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ko‘proq profilaktik targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkillashtirib borish lozimligini, hududiy profilaktika inspektori hududiy jamoatchilik bilan hamkorligida ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bugungi kunda mahallada ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlarni tubdan jonlantirish masalalari ko‘rildi.

Mahalladagi beshlik mahalladagi oilalarda kelib chiqayotgan turli nizolarni vaqtida o‘rganib, ularni bartaraf etishga mas’ul ekanligi yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi.

Text to speech