5 Avgust 2023 yil 191

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan Termiz tumani IIBda “Intizom oyligi” doirasida ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab Ichki ishlar organlarida xodimlarning xizmat intizomi rioya qilish, yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishini ta’minlash va yuklangan vazifalarni vijdonan, fidoyilik bilan bajarishga yo‘naltirish maqsadida “Intizom oyligi” o‘tkazilmoqda. Mazkur oylik doirasidagi bugun Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limida xodimlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda  viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sherzod Shadiev, tuman IIB xodimlari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbirda tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, fuqarolar bilan hushmuomalada bo‘lish, korrupsiyaga qarshi kurashish, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida o‘z xizmat faoliyatiga vijdonan yondashib, kasbdoshlariga namuna ko‘rsatib kelayotgan bir qator xodimlarning  ota-onalariga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularga alohida minnatdorchilik bildirildi.

Text to speech