21 Yanvar 2023 yil 430

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Muzrabot tumanidagi ijtimoiy soha obe’ktlari hamda qishloq xo‘jaligi texnikalarini keyingi mavsumga tayyorlash aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari o‘rganildi.

Joriy yilning 20 yanvar kuni viloyat IIB boshlig‘i Abduvohid Ismoilov tomonidan o‘rganish ishlari davomida, Muzrabot tumanidagi ijtimoiy soha ob’ektlari, ta’lim muassasalarini kelgusi ta’limga tayyorlash, qishloq xo‘jaligida texnikalarni mavsumga shay holga keltirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Dastlab, tumandagi “Mohiyat” mahallasiga tashrif buyurib, mahalla hududini obodonlashtirish, elektr simyog‘ochlarini yangilash, ariqlarni tozalash, aholining tomorqasidan samarali va unumli foydalanish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini olib bordi.

Ushbu tadbirlar davomida, mahalla hududidagi eskirib qolgan 15 dona simyog‘ochlar o‘rniga yangisiga almashtirilib, mavjud xonadonlarga sifatli elektr tarmoqlari tortilishi ta’minlandi.

Shundan so‘ng, tumandagi “Chegarachi” mahallasidagi aholi xonadonlariga oqova suv tarmoqlarini yaxshilash uchun mahallaga olib kelinadigan ariqlarni hashar yo‘li bilan tozalash ishlari tashkillashtirildi.

Bundan tashqari, “Yangidiyor” mahallasi hududida joylashgan “Muzrabot paxta qabul qilish” MChJga tashrif buyurib, qishloq xo‘jaligi faoliyatini yaxshilash maqsadida olib kelingan yangi 12 ta qishloq xo‘jaligi traktorlarinining ish unumdorligi bilan tanishdi.

Shuningdek, “Mehnatobod” mahallasidagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda “Darband” mahallasidagi 39-sonli umumta’lim maktabi hududida “Yashil makon bog‘i”ni tashkil etish yuzasidan mutaxassislarni jalb etgan holda manzarali va mevali ko‘chatlarni ekish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech