Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Muzrabot tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish ishlari davom etmoqda
Joriy yilning 18 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Abduvohid Ismoilov tomonidan Muzrabot tumanidagi ijtimoiy soha obe’ktlari, qishloq xo‘jaligidagi agrotexnik tadbirlar, aholi muammolarini o‘rganish ishlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, tuman xokimligi binosida tumandagi barcha qishloq xo‘jaligi xodimlari, fermer xo‘jaliklari va klasterlar bilan uchrashuv tashkil etilib, tumanda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Bundan tashqari tuman xokimligi binosida, tumanda faoliyat yuritayotgan gaz va yoqilg‘i, benzin quyish shaxobchalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazib, ularga hozirgi vaziyat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, Muzrabot tumani “Mehnatobod” mahallasidagi 3-sonli maktab, “Darband” mahallasidagi 39-sonli maktab, “Mohiyat” mahallasidagi 35-sonli maktab hamda Qishloq vrachlik punktlaridagi isitish tizimlari hamda keyingi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Shu bilan birga “Shafof” mahallasidagi 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda “Yangi hayot” mahallasidagi 13- sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan qurilish montaj ishlari bilan yaqindan tanishib, qurilish ishlarini qisqa muddatlarda sifatli yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Muzrabot tumanda istiqomat qilayotgan aholining muammolarini uyma-uy yurish orqali o‘rganib, ularni qiynab kelayotgan masalalarni ijobiy hal etish choralari ham ko‘rilmoqda.