17 Yanvar 2023 yil 319

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Muzrabot tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bormoqda

Joriy yilning 16 yanvar kuni Davlatimiz rahbari huzurida o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda respublika hududiga anomal sovuq kirib kelishi bilan barcha hududlarda, tabiiy gaz bosimining pasayib ketishi, elektr tarmoqlarida tartibsiz uzilishlar kuzatilayotganligi tufayli, fuqarolarning xonadonlarida isitish bilan bog‘lik muammolarni bartaraf etish maqsadida mas’ullarga bir qator topshiriqlar berilgan edi.

Belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun 17 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Abduvohid Ismoilov rahbarligidagi Ishchi guruh tomonidan aloqador korxona va tashkilotlar bilan birgalikda Muzrabot tumandagi aholini qiynab kelayotgan muammolar, ijtimoiy soha ob’ektlari, investitsiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, irrigatsiya va melioratsiya, ichimlik suvi ta’minotini o‘rganish ishlariga hamda tashrif doirasida rejalashtirilgan ob’ektlarni tayyorlash, ushbu ob’ektlar holatini yaxshilash tadbirlariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, viloyat IIB boshlig‘i rahbarligida 2023 yilda amalga oshiriladigan yirik va o‘rta investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari bilan uchrashib, ularning muammolarini tingladi.

Taklif etilgan korxona va tashkilotlarga loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tumanning infratuzilmasiga doir tadbirlarni jadallashtirish maqsadida, ijtimoiy soha ob’ektlari, yo‘l qurilish, ichimlik suvi hamda gaz ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.

Text to speech