Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Ma’naviyat oyligi” doirasida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida hamda viloyat IIBning 2023 yil 29 aprel kunidagi farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ishlash xizmatining tashabbusi bilan viloyat Ichki ishlar organlari yosh xodimlari o‘rtasida Adib Sobir-Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot kutubxona markazida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tanlovni adolatli va yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash maqsadida, Adib Sobir-Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot kutubxona markazi direktori o‘rinbosari M.Mamatqulova Axborot kutubxona markazi mudirasi I.Shamsiddinovalar taklif etildi. Ko‘rik tanlov qizg‘in baxs va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.
Ko‘rik tanlovda ishtirok etgan ishtirokchilar orasida o‘zining bilimdonligi, hozirjavobligi va zukkoligi bilan ajralib turgan Termiz shahar IIB 1-son IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika inspektori katta leytenant Q.Mo‘minov faxrli uchinchi o‘rinni, Qiziriq tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi profilaktika inspektori leytenant M.Dursoxatov faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi katta inspektori D.Allanazarova birinchi o‘rinni egalladi.
Tanlov g‘oliblariga boshqarma boshlig‘ining diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Ma’naviyat oyligi” doirasida ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi davom etmoqda.