24 Avgust 2023 yil 450

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi profilaktika inspektori” nominatsiyasi bo‘yicha ko‘rik tanlovi  o‘tkazildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoniga, muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 24 avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2021 yil 14 sentabr kunidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi profilaktika inspektori” nominatsiyasi bo‘yicha ko‘rik tanlovi  o‘tkazildi, birinchi bosqichda ularning kasbga oid bilim darajalarini aniqlash va IQ-darajasini aniqlash uchun ulardan test sinovlari olinib, keyingi bosqichda ularning chidamliligi, tezligi bo‘yicha jismoniy sinovlar qabul qilindi, uchinchi bosqichda esa jangovar tayyorgarlikdan sinovlar topshirishdi, yakunda  soxaviy xizmat raxbarlaridan tashkil etilgan komissiya ishtirokida yakuniy suxbat o‘tkazilib, umumiy ballarga ko‘ra 3-o‘rinni Qiziriq tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektori katta leytenant Qodirov Akram 2-o‘rinni Termiz shahar IIB 2-sonli IIB  Huquqbuzarliklar profilaktika guruxi profilaktika katta inspektori katta leytenant Xolmirzaev Nurali 1-o‘rinni esa Angor tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika katta inspektori mayor Xalturaev Davlatmurod qo‘lga kiritdi.

Albatta bu tadbirlar  ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini yanada rag‘batlantirish, Vatan oldidagi sharafli burchini ado etishdagi xizmatlari uchun ularni munosib taqdirlash, xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech