12 Dekabr 2022 yil 383

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy ko‘nikma va malakasi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyruq talablari asosida Surxondaryo viloyati IIB sohaviy xizmat jamoalaridagi ma’naviy-ruhiy muhit va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash maqsadida anonim so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Ushbu so‘rovnomalar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha viloyat IIB rahbariyatiga asosli takliflar berildi.

Shuningdek, xodimlarning individual-psixologik xususiyatlarini, kasbiy layoqati, boshqaruvchanlik qobiliyatini, kasbiy ko‘nikma va malakasining qay darajada shakllanganligini o‘rganish uchun ulardan psixologik testlar olinib, shu orqali ularning psixologik portretlari yaratildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Surxondaryo viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarining mavjud muammolarini o‘rganish orqali ularga yaqindan psixologik yordam ko‘rsatishdan iboratdir.

Text to speech