30 Mart 2023 yil 152

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlariga kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksining mazmun-mohiyatini yetkazish, ularning kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha o‘quv yig‘inlari tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlari bilan IIVning 2023-yil 28-fevral kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlariga kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksining mazmun-moxiyatini yetkazish, ularning kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha o‘quv yig‘inlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishiga asosan, 2023-yilning 27-mart kunidan Termiz shahrida joylashgan harbiy qism bazasida 1 xaftalik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur o‘quv yig‘inini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, viloyat ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlariga Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyati va xizmat intizomi kodeksining mazmun-mohiyatini chuqur singdirish hamda ularning fuqarolar bilan muloqot qilish jarayonidagi kasbiy mahorati, muomala madaniyatini, vaziyatni to‘g‘ri baholash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini yanada oshirishdir.

O‘quv yig‘inlarini samarali tashkil etishda, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda yetakchi mutaxassislari, shuningdek, viloyat IIBning tegishli soxaviy xizmatlarining xodimlari jalb etilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning 27-mart kuni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.F.Shadiev hamda vazirlik Malaka oshirish instituti va Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin xamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son qarorining mazmun-mohiyati yetkazildi.

O‘quv yig‘ini yakunida sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga Ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari tomonidan belgilangan namunadagi sertifikatlar tantanali ravishda topshiriladi.

Text to speech