6 Aprel 2023 yil 271

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlariga kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksining mazmun-mohiyatini yetkazish, ularning kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha o‘quv yig‘inlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 28-fevral kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlariga kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksining mazmun-moxiyatini yetkazish, ularning kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha o‘quv yig‘inlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishiga asosan navbatdagi 1 (bir) haftalik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur o‘quv yig‘iniga jalb qilingan viloyat ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlariga kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksining mazmun-mohiyatini yetkazish, ularning kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun viloyat IIBning tegishli sohaviy xizmatlarining rahbarlari hamda mas’ul xodimlari jalb etilgan.

Text to speech