5 Iyul 2022 yil 198

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o‘quv-seminar tashkil etildi

Joriy yilning 5 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIBda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyun kunidagi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-299-son Qarorining mazmun mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish hamda kelgusidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan o‘quv-seminarda, Surxondaryo viloyati IIB Probatsiya bo‘limi xodimlari, shahar-tuman ichki ishlar organlari Probatsiya guruhlari katta inspektor va inspektorlari ishtirok etishdi.

         Yig‘ilishni Surxondaryo viloyati IIB Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sh.J.Sattorov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bilan tanishtirib, so‘zni Surxondaryo viloyati IIB Probatsiya bo‘limi katta psixologi mayor B.Ch.Irnazarovga berdi.

So‘z olgan ma’ruzachi, ushbu qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirish bilan birga ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy moslashuvga hamda kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishga amaliy ko‘maklashish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga “daslabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimi joriy etilganligi, “daslabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartib qoidalari, bu bo‘yicha Idoralararo komissiyalar tuzilishini, Idoralararo komissiya ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalarni o‘rganib chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha asoslantirilgan xulosalarni tayyorlashga ma’sul ekanligi haqida so‘z yuritdi.

         Yig‘ilish so‘ngida, Surxondaryo viloyati IIB Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sh.J.Sattorov so‘zga chiqib, Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatning insonparvarligi, ushbu qaror ham inson manfaati uchun xizmat qilishligi haqida so‘z yuritib, belgilab qo‘yilgan vazifalarni astoydil bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berib o‘tdi.

Shuningdek, hududlarda probatsiya guruhlarini mazkur Qarordan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda nazoratdagi shaxslarni bandligini ta’minlash, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etishni oldini olish ishlarini yanada faollashtirish, probatsiya xizmatining faoliyatining ochiqligini ta’minlash hamda ijobiy imidjini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida fikr mulohazalar tinglandi.

 

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech