27 Yanvar 2023 yil 338

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida ayol xodimalar uchun qaror mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv yig‘ini tashkil etildi.

Surxondatyo viloyati  IIB tarkibida xizmat olib borayotgan ayol xodimalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyatini yetkazilsh maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida o‘quv yig‘ini tashkil etildi.

Tadbir boshida boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G.Rahmatova, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’navaiy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi katta psixologi M.Qodirov hamda  Surxondaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik ta’minlash bo‘limi Yuristkonsulti M.Shaymardanovlar so‘zga chiqib, ichki ishlar organlarini professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qarorda keltirilgan talablar, xususan xodimlarda muloqot psixologiyasi, muomala madaniyati va nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlash bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirish haqida so‘z yuritilib, fuqarolar bilan xizmat davomida xushmuomala bo‘lish tushuntirildi.

O‘quv yig‘ini davomida,  xodimalar bilan psixologik-trening mashg‘uloti ham o‘tkazilib, ular e’tiboriga ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik buzilishini oldini olish maqsadida tayyorlangan qaror asosidagi infografika namoyish etilib, bukletlar tarqatildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech