Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan "Obodonlashtirish oyligi" doirasida atrof-muhit ozodaligi ta’minlanmoda
Respublikamiz bo‘ylab 2023-yil 30-iyul kunidan 30-avgust kuniga qadar "Obodonlashtirish oyligi" etib belgilangan.
Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan oylik doirasida atrof-muhit ozodaligi yo‘lida harakatlar boshlab yuborildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarining ma’muriy binolari va ularga tegishli bo‘lgan hududlarda doimiy tarzda obodonlashtirish va tozalik ishlarini olib borish maqsadida, haftaning har shanba kuni umumxalq xashar kuni etib belgilangan, berilgan topshiriqqa asosan tozalik va obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan boshlab yuborildi.
Hashar elga yarashar yurtimizdagi barcha tashkilot va idoralarda tashkil etilayotgan bu kabi obodonlashtirish ishlari tufayli daraxt va butalarga shakl berilib ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Albatta bu mehnatlar zamirida atrof muhitning go‘zal va egologiyaning toza bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shishi shubhasiz.