15 Avgust 2023 yil 435

Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Xitoyda

Surxondaryo viloyati va Xitoy Xalq Respublikasi hududlari (Pekin shahri, Xeylunszyan, Urumchi provinsiyalari) bilan tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, hududning iqtisodiy salohiyatini namoyish etish, investitsiya va turizmga oid taqdimotlar o‘tkazish maqsadida viloyat delegatsiyasi Xitoy davlatiga yetib bordi.

Delegatsiya tarkibidan, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, hokimlar hamda yigirmadan ortiq vohalik salohiyatli ishbilarmon va tadbirkorlar o‘rin olishgan.

Tashrif davomida qator rasmiy uchrashuvlar, hududlar bilan investitsiyalar, sanoat, savdo va turizm hamkorligi istiqbollariga bag‘ishlangan Forumlarda qatnashish, ishbilarmon doira vakillari va salohiyatli kompaniyalar bilan “B2B” va “G2B” formatdagi uchrashuvlar o‘tkazish, yirik korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish, mahsulotlar va savdo ko‘rgazmasida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoy davlatiga tashrifi joriy yil 15 avgustdan 18 avgustga qadar davom etadi.

Text to speech