Surxondaryo viloyati Harbiy tuzilmalar yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan hamkorlikda beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi hamda harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari bilan hamkorlikda “MEN DONORMAN” hayriya aksiyasi o‘tkazildi.
Unda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi, DXX Chegara qo‘shinlari, Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya boshqarmasi, Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi hamda Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlardan 40 nafarga yaqin xodimlar va harbiy xizmatchilar ushbu aksiyada faol ishtirok etishdi.
Ushbu hayriya aksiyasini o‘tkazishdan maqsad harbiy tuzilmalar tomonidan nafaqat yurt tinchligi osoyishtaligini saqlash balki O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog‘ligi va tinchligi uchun oz bo‘lsada o‘z hissasini qo‘shishdan iboratdir.
Aksiya davomida, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda kuch tuzilmalar yetakchilari harbiy xizmatchilari bilan doimiy ravishda, bu kabi aksiyalarda ishtirok etish bo‘yicha kelishib olindi.