8 May 2023 yil 358

Surxondaryo viloyati 3-sektor rahbarining muzrabotlik yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 11-aprel kunida yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom fikrlashlariga zamin yaratish bo‘yicha  o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida mas’ullar oldiga qator vazifalarni belgilab bergan edi.

Shunga asosan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov Muzrabot tumanidagi ko‘makka muhtoj yoshlar bilan uchrashdi.

Xabaringiz bor Prezidentimizning ko‘rsatmasiga asosan hududlardagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular uch toifaga ajratildi. Shu asosida  davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj yoshlar qatlami shakllantirilib, ular bilan manzilli ishlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Viloyat 3-sektor rahbari boshchiligidagi ishchi guruh Muzrabot tumanida istiqomat qiluvchi  aholining muammolarini bartaraf etish, infiratuzilmani yaxshilash  shuningdek ijtimoiy soha ob’ektlari, investitsiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, irrigatsiya va melioratsiya, ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yechimiga mas’ul sifatida belgilangan. 

Endilikda Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tumandagi 3- toifaga kiritilgan  50 nafar yoshlarning kelajagi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga mas’ul. Shu  maqsadda tashkil etilgan uchrashuvda  viloyat 3-sektor “qizil” toifadagi yoshlar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, muammolarini tingladi.

Yoshlarning muammolari yo‘nalishlar kesimida tahlil qilinganda 40 nafari tibbiy yordamga muhtojligi, 4 nafari probatsiya nazoratidan ozod etilishi, 2 nafari to‘lov kontrakt masalasida yordam ko‘rsatilishi va 6 nafari boshqa masalalarni tashkil etdi.

Albatta bu kabi hayrli ishlar jamiyat vakillarining roziligiga sabab bo‘lib, mutasaddilarning umri va kasbidan mazmun topishiga xizmat qiladi.

Text to speech