Surxondaryo viloyati 3-sektor rahbarining ishchi guruhi Bandixon tumanida aholi muammolarini o‘rganish maqsadida o‘z faoliyatini boshladi.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari A.S.Ismoilovning ishchi guruhi Bandixon tumanidagi 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi aholining yechimini kutayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularni ijobiy hal etish maqsadiga qaratilgan faoliyatini olib borishmoqda.
Topshiriqqa asosan, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari M.M.Boltaev ishchi guruhga boshchilik qilib guruh vakillari bilan Bandixon tuman 3-sektori hududidagi mahallalarda uyma-uy yurib, har-bir xonadonning sharoiti bilan tanishib, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganib ularni tezkor va samarali hal qilish choralarini ko‘rmoqda.
Asosiy e’tibor mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda ijtimoiy sohaga oid masalalarni joyga chiqqan holda o‘rganib, ularga ijobiy yechim topishiga qaratilmoqda.
Muddat talab etiladigan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Ishchi guruh o‘z faoliyati davomida, aholining kayfiyatiga ta’sir etuvchi omillarga e’tibor qaratilib, aniqlanayotgan mummolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot va idora mutasaddilari jalb qilinmoqda.